Deputat yordamchisi instituti joriy etildi

Deputat yordamchisi instituti joriy etildi

Bu prezident tomonidan 14 oktyabrda imzolangan «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonunda nazarda tutilgan.

O‘zbekistonning 18 yoshga to‘lgan fuqarosi deputatning yordamchisi bo‘lishi mumkin. Uni ishga qabul qilish deputatning taqdimnomasiga ko‘ra deputatning vakolatlari davriga tuziladigan muddatli mehnat shartnomasi asosida amalga oshiriladi.

Deputat yordamchisi deputatning vakili sifatida saylov okrugida doimiy faoliyat yuritadi va sudlanmagan bo‘lishi lozim. Unga haq to‘lash siyosiy partiya mablag‘i hisobidan amalga oshiriladi.

Yordamchi saylovchilarni quyi palatadagi deputati faoliyatidan, o‘z navbatida deputatni saylov okrugida yuz berayotgan voqealar, fuqarolar murojaati, mahalliy ijro hokimiyati qarorlaridan xabardor qilib turadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!