Davlat xizmatlari agentligi xodimi ham koronavirusdan vafot etdi

Davlat xizmatlari agentligi xodimi ham koronavirusdan vafot etdi

Davlat xizmatlari agentligining Navoiy viloyati boshqarmasi bosh yuriskonsulti Dexkanov Adhamjon Tajibayevich COVID-19 koronavirus infeksiyasidan vafot etdi. Bu haqda Adliya vazirligi Matbuot xizmati xabar qildi.   

"Adham Dexkanov haqida faqat iliq fikrlar qoldi. Ko‘p yillar malakali huquqshunos sifatida xalq xizmatida bo‘lgan, asosan huquq tartibot idoralarida faoliyat yuritgan, prokuratura tizimi uchun qator islohotlarda ishtirok etgan Adhamjon Dexkanov 2018 yilning dekabr oyidan Davlat xizmatlari agentligi sohasiga kirib keldi, tizimda yoshlarga murabbiylik qildi.

Adliya vazirligi jamoasi Davlat xizmatlari agentligining  Navoiy viloyati boshqarmasining bosh yuriskonsulti Dexkanov Adhamjon Tajibayevichning bevaqt vafoti munosabati bilan uning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi", deyiladi hamdardlik xabarida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!