Davlat korxonalari ham «obnal firma»lar bilan «soxta» bitim tuzgan

Davlat korxonalari ham «obnal firma»lar bilan «soxta» bitim tuzgan

Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va biznes uchun teng raqobat muhitini yaratish maqsadida faoliyatida soliqlarni to‘lashdan qochishning turli xil sxemalaridan foydalanganlik holatlari kuzatilgan “Shubhali” korxonalar ro‘yxati shakllantirildi, deya xabar bermoqda. Davlat soliq qo‘mitasi axborot xizmati. Ushbu ro‘yxatdan 396 ta korxona joy oldi. 

Ushbu xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘z faoliyati davomida qalbaki operasiyalarni amalga oshirib, byudjetga to‘lanadigan soliq summalarini kamaytirganlar. 10 mingga yaqin korxona ular bilan moliyaviy operasiyalarni amalga oshirib, qariyb 1 trillion so‘m miqdoridagi qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini hisob (zachet)ga olgan holda byudjetga to‘lamagan. 

Bunday kontragentlar orasida 120 ta davlat korxonasi (47,3 mlrd. so‘m) va 86 ta davlat ulushi mavjud (48,1 mlrd. so‘m) korxona aniqlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!