Daniya davlat boshqaruvini qisqartirishni davom ettiradi

Daniya davlat boshqaruvini qisqartirishni davom ettiradi

Daniya hukumati davlat boshqaruvini keng miqyosda qisqartirishni amalga oshiradi, uning davomida lavozimlari davlat apparati faoliyati uchun ahamiyatli bo‘lmagan 1 mingga yaqin xodim ishdan bo‘shatiladi.

Bu haqda mamlakat moliya vaziri Nikolay Vammen ma’lum qildi.

"Hukumat keraksiz ma’muriyatni cheklamoqchi va shu maqsadda munisipalitetlar va mintaqalar bilan ma’muriy xarajatlarni kamaytirish bo‘yicha kelishuv tuzdi, bo‘shatilgan mablag‘lar ko‘plab tibbiyot xodimlarining ish haqini sezilarli darajada oshirishga yo‘naltiriladi" - dedi Moliya vazirligi rahbari.

Vazir, shuningdek, 2024 yilda hukumat allaqachon davlat apparatini qisqartirishni amalga oshirganini, bu har yili 400 million kron (taxminan 60 million dollar) tejash imkonini berganini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!