Dahshat! Xivada amaki o‘zining 8 yoshli jiyanini vahshiylarcha o‘ldirdi

Dahshat! Xivada amaki o‘zining 8 yoshli jiyanini vahshiylarcha o‘ldirdi

21 kun ilgari yo‘qolgan Xorazm viloyatining Xiva tumanidagi 8 yoshli Diana Ahmedovaning jasadi shu erda joylashgan Pishkanak qishlog‘i hududi bo‘ylab oqib tushayotgan ariqda topilgan. Qotillikda gumon qilinib, uning amakisi hibsga olingan. Qotillikning sabablari noma’lum, deya xabar beradi “centralasian.org”.

Qizning ota-onalari uch yildan buyon Rossiyada. Qizaloqni otasining onasi va dadasi tarbiyalagan. Diananing bobosi Axmad Yoqubovning aytishicha, nabirasining jasadi 24 oktyabr kuni uyidan 7 kilometr narida joylashgan xandaqdan topilgan.

Kichik ukamning o‘g‘li nabiramni bo‘g‘ib o‘ldirib, jasadini ariqqa tashlaganini aytganidan so‘ng huquqni muhofaza qiluvchilar Dianani o‘sha yerdan qidirishni boshlashdi. So‘ng topishdi va jiyanimni hibsga olishi. U hamon nima uchun bunday qilganligi aytmayapti. Balki, u bu ishni qilishdan oldin uni zo‘rlagandir, dedi Axmad Yoqubov.

8 yoshli Diana Ahmedovaning o‘lik holda topilgani haqida ma’lumot tasdiqlandi. Biroq  tergovning yashirinligi ko‘rsatilib, batafsil ma’lumot berilmayapti.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!