Dahshat! Namanganlik 13 yoshli qizning farzand ko‘rgani rostmi?

Dahshat! Namanganlik 13 yoshli qizning farzand ko‘rgani rostmi?

Namangan viloyati Chortoq tumanida 7-sinf o‘quvchisining ona bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Bu haqda “centralasian.org” sayti ma’lum qildi.

Chortoq tumani xalq ta’limi bo‘limi rahbari Shohista Turg‘unovaning aytishicha, 7-sinf o‘quvchisi farzand ko‘rgani haqidagi xabarlar yolg‘on, ammo bir nechta o‘qituvchilar mehnat ta’tilidan chaqirib olingan.

“Yo‘q, bu qiz farzand ko‘rmadi. Shunchaki ginekologik tekshiruvlarda yuzaga kelgan muammo tufayli o‘zimni osaman, deb tahdid qildi. Shu voqea tufayli har xil shov-shuv tarqalib ketdi. Biz uning uyiga borib, muammoni o‘rgandik. Shu voqeadan keyin bir nechta o‘qituvchini mehnat ta’tilidan chaqirib olib, ularga uquvchining ta’tildagi vaqtini qanday o‘tkazayotganini surishtirishni, o‘quvchilar bilan ishlashni topshirdik”, dedi Turg‘unova.

Chortoq tumanidagi boshqa o‘qituvchilarning gapiga ko‘ra, garchi ota-onalardan farzandlarining ta’til vaqtidagi ishlari borasida tilxat yozib olingan bo‘lsa-da, baribir, o‘qituvchilar o‘quvchilarni ta’tilda ham nazorat qilishga jalb etilgan.

Namangan viloyati Chortoq tumani RUVD vakilining (ismi sir tutilgan) aytishicha, 13 yoshli o‘quvchi farzand ko‘rgan. “Ayni damda bu borada surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Mazkur voqeaga aloqador odamdan DNK tahlili olinmoqda. Boshqa tafsilotlar hozircha noma’lum”, dedi RUVD vakili.

Manba: ca-news.org  

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!