Dahshat! Aka singlisining gapiga ishonmay boshini olib tashladi

Dahshat! Aka singlisining gapiga ishonmay boshini olib tashladi

Tojikistonda o‘tgan yilning oxirida So‘g‘d viloyatida ro‘y bergan va katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgan qotillik bo‘yicha hukm chiqarildi, deya xabar beradi news-asia.ru.

23 yoshli Istaravshan fuqarosi Tolib Ashurqulov maktabda 11-sinfda o‘qigan singlisi Orzugulning shafqatsizlarcha o‘ldirilishida aybdor deb topildi. Yigit qizning yoshi katta erkaklar bilan birga yurganligi haqidagi gaplarni eshitgan va oilasiga tushgan sharmandalikka qarshi turishga qaror qilgan: qizni bo‘g‘ib o‘ldirib, boshini olib tashlagan.

Hisobotga ko‘ra, noyabr kunida Orzugul maktabdan qaytib kelgan va g‘azabdan ko‘zlari qizargan akasiga duch kelgan. Ashurqulovning keyinchalik tan olishicha, singlisi hamma ayblovlarni inkor qilib, omborxonada o‘z joniga qasd qilish bilan tahdid qilgan, akasi esa uning gaplariga ishonmay bo‘g‘ib o‘ldirib, boshini olib tashlagan. U bo‘lgan voqea haqida 50 yoshli oila boshlig‘iga xabar bergan. Biroq u huquqni muhofaza qilish idoralariga murojaat qilmagan, aksincha, o‘g‘lining harakatini ma’qullab tanani yashirishga yordam bergan. Ashurqulovlarning qo‘shnisi bir yarim oydan keyin qizning murdasini tasodifan topib, militsiyaga murojaat qilgan. Yigit qilgan ishini inkor etmadi.

Sug‘d viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha sud idorasi Ashurqulovni Tojikiston Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi bilan aybdor deb topdi va 18 yil qamoq jazosiga hukm qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!