Chivinlar COVID-19 tarqatuvchilari bo‘lishi mumkinmi?

Chivinlar COVID-19 tarqatuvchilari bo‘lishi mumkinmi?

Bugun AOKAda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusamatova ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Brifingda aholidan kelgan muhim savollar yuzasidan javob qaytarildi.

Chivinlar COVID-19 infeksiyasini tarqatuvchilari bo‘lib hisoblanadimi?  

— Chivinlar va boshqa xashoratlarni COVID 19 virusli patogenini yuqtirishga qodir ekanligiga oid biron bir dalil yoki ma’lumotlar mavjud emas.  

COVID 19 virusi asosan, havo-tomchi yo‘li orqali tarqalib, ular bemor yo‘talganda, aksirganda yoki gaplashganda yuqishi mumkin. Bundan tashqari, zararlangan, ifloslangan yuzalarni ushlab undan so‘ng qo‘llarni yuvmasdan ko‘z, burun yoki og‘izga tekkazganimizda yuqishi mumkin. Qo‘l yuvib, niqob taqib, masofa ushlansa, virus organizmga juda oz tushadi. Kasallik yuqqan taqdirda ham virusning dozasi tanaga oz miqdorda kiradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!