Chiroqchi tumanlararo sudi sudyasiga jinoyat ishi ochildi

Chiroqchi tumanlararo sudi sudyasiga jinoyat ishi ochildi

Sudyalar oliy kengashining navbatdagi yig‘ilishida Bosh prokurorning fuqarolik ishlari bo‘yicha Chiroqchi tumanlararo sudi sudyasi A.B.ni Jinoyat kodeksining 210-moddasi tegishli qismi bilan jinoiy javobgarlikka tortishga oid taqdimnomasi muhokama qilindi.

Yakunda kengash xulosasi bilan A.B.ni jinoiy javobgarlikka tortishga rozilik bildirildi va uning sudyalik vakolati to‘xtatildi.

Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmatiga ko‘ra, tergov siri va aybsizlik prezumpsiyasi talablaridan kelib chiqib, boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!