Chet el fuqarosi 4 dona quritilgan ko‘knori boshog‘ini olib o‘tayotganda ushlandi

Chet el fuqarosi 4 dona quritilgan ko‘knori boshog‘ini olib o‘tayotganda ushlandi

13 noyabr kuni Surxondaryo viloyatining Tojikiston bilan chegaradagi «Sariosiyo» chegara bojxona postidan fransiyalik fuqaro 4 dona quritilgan ko‘knori boshog‘ini olib o‘tmoqchi bo‘ldi.

Qayd etilishicha, uning xatti-harakatlari bojxonachilar e’tiborini tortgan va belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazilgan.

Yakunda uning yuklari orasida 4 dona quritilgan ko‘knori boshog‘i borligi aniqlandi. Giyohvand moddaning vazni 22,64 grammga teng.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!