Checheniston - nikoh eng kam buziladigan hudud

Checheniston - nikoh eng kam buziladigan hudud

Rossiya statistika qo‘mitasi joriy yil yanvardan aprel oyigacha bo‘lgan nikoh ajrimlari haqidagi statistik ma’lumotlarni e’lon qildi. Bu haqda RG xabar beradi.

Ko‘rsatilgan davr mobaynida Rossiyada jami 184.2 ming nikoh qayd etilgan. Rossiya Federasiya Respublikasi bo‘yicha eng ko‘p nikohlar buzilayotgan hududlar sifatida Saxalin viloyati (ming kishi uchun 5.1), Karel Respublikasi (4.6), Nenes avtonom hududi (4.5), Murmansk va Bulgorod viloyatlari (4.3) ko‘rsatilgan. Ajrimlar eng kam qayd etilgan hududlar sifatida Shimoliy Kavkaz Respublikalari e’tirof etilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Checheniston Respublikasi eng kam ko‘rsatkich bilan bu safning boshida turibdi. Ya’ni bu yerda ajrimlar soni ming kishiga 0.6 tashkil etmoqda. Ingushetida 0.8, Dog‘istonda 1.1, Shimoliy Osetiyada 1.8, Kabardino-Balkarda esa 1.9 ni tashkil etmoqda.

Ma’lumki Rossiyada tug‘ilishlar soni kamayib bormoqda. Rossiya Prezidentining bolalar huquqlari bo‘yicha komissari Anna Kuznesovaning hisobotida 2018 yilda Rossiyada tug‘ilishlar soni 2016 yilga nisbatan 15.3 foizga kamaygani qayd etilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!