Bo‘z tumanida bemehr otaga jazo tayinlandi

Bo‘z tumanida bemehr otaga jazo tayinlandi

Yamalanavergan shisha singach, barcha harakatlar zoye ketdi. Uni yamab ham bo‘lmaydi. Demak, endi qonuniy yo‘l bilan alimentni undirish shart.

Oramizdagi ba’zilarning "Yaxshi otga bir qamchi..." degan maqolning mag‘zini chaqishi qiyin bo‘lmoqda. Bo‘lmasam bilib, eshitib, ko‘rib turib ham 15 sutkaga qamaladimi. Axir aliment to‘lamaganlarga nisbatan jazo qo‘llanilayotganligi to‘g‘risida tinmay xabarlar matbuot, internetda chiqib turibdiku.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Bo‘z tumanlararo sudining sud buyrug‘iga asosan qarzdor X.Ruziyevdan undiruvchi G.Yangiboyeva foydasiga 2 nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish belgilanangan.

Byuroning Bo‘z tumani bo‘limi davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan tushuntirish ishlariga qaramay, qarzdor aliment pullarini turli vaj-karsonlarni ro‘kach qilib, to‘lamasdan yuravergan.
To‘lanmagan pullar esa hisoblanganda 23.630.968 so‘mni tashkil etdi. Bola yeb-ichkisi, kiyingisi kelsa "puling bormi, ona (ota)?" degan savolni bermaydi. Bolaning amri vojib.

Aliment pullarini to‘lamasdan kelganligi sababli qarzdor X.Ruziyevga nisbatan Bo‘z tuman mamuriy sudining karoriga asosan 15 sutka mamuriy kamok jazosi tayinlandi.

Ikki haftalik majburiy "ta’til" davrida qarzdor ota aliment pullarini to‘lamasa jazo muqarrarligini tushunsa bo‘lgani. Negaki, ma’muriy javobgarlikka tortilgandan keyin ham aliment to‘lovlarini to‘lamaslikda davom etishi alal-oqibat jinoiy javobgarlikka ya’ni sudning qora kursisi tomon yetaklab borishi tayin.

 

 

 

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!