Buyuk Britaniyada it salkam 40 ming dollarga sotildi

Buyuk Britaniyada it salkam 40 ming dollarga sotildi

Buyuk Britaniyada Kim laqabli it Ginnesning rekordlar kitobiga dunyodagi eng qimmat it sifatida kirdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, noyob aql-idrokka ega bo‘lgan it «Farmers Marts» kimoshdi savdosi uyi tomonidan tashkil etilgan onlayn-auksionda 38,8 ming dollarga sotib olingan.

Bir yoshli Kimning sobiq egasi bo‘lgan fermer Dyul Jenkins «UPI» nashriga bergan izohida itining aql-idroki allaqachon uch yoshli it darajasida ekanligini aytgan.

«U hamma narsani qildi. Mol va qo‘ylarni qaradi, ularni himayaladi. U har qanday sharoitda ishlay oladi », dedi Dyul.

Ma’lumot o‘rnida, avvalgi rekord Xena ismli cho‘pon itiga tegishli bo‘lib, u 2020 yil oktyabr oyida 26 ming dollarga sotilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!