Buxorolik ayol 2 yoshli tirik o‘g‘lini o‘likxonaga jo‘natgan shifokorlarni ayblamoqda

Buxorolik ayol 2 yoshli tirik o‘g‘lini o‘likxonaga jo‘natgan shifokorlarni ayblamoqda

Buxoro viloyati Shofirkon tumanida istiqomat qiluvchi Muhabbat Muhammedova mahalliy shifokorlarni suv havzasidan qutqarib olingan tirik farzandida o‘lim belgilarini ko‘rib, uni o‘likxonaga jo‘natib yuborganlikda ayblamoqda.

Ayolning so‘zlariga ko‘ra, uning 2 yoshli o‘g‘li yetarli malakaga ega bo‘lmagan tibbiyot xodimlari tomonidan ko‘rsatilgan birinchi yordam sabab nogiron bo‘lib qolgan, deb yozmoqda centralasian.org.

Biroq, Buxoro viloyat tibbiyot markazining shifokorlari ushbu fakt bo‘yicha rasmiy tekshiruv o‘tkazishdi. Natijada ma’lum bo‘ldiki, suv havzasidan chiqarib olingan bolaga birinchi yordam to‘g‘ri ko‘rsatilgan.

Buxoro viloyat prokuraturasi xodimlari tomonidan olib borilgan tekshirishlar bolaning nogiron bo‘lib qolishida shifokorlarning aybdorligi to‘g‘risidagi ota-onasi tomonidan keltirilgan dalillar tasdiqlanmadi.

Moskva bolalar psixonevrologiya markazi shifokorlari xulosasiga ko‘ra, klinik o‘lim tashxisi qo‘yilgan 2 yoshli Nazirboy Nematullayev anoksik fotorat natijasida kislorod yetishmasligi tufayli miya jarohatlanishiga sabab bo‘lgan .

Moskvalik shifokor Lyudmila Isakova ma’lum qilishicha, birinchi tibbiy yordamning kechikishi natijasida miya bir qancha vaqtgacha kislorodsiz qolib ketgan. Agar tez yordam mashinasidayoq shoshilinch reanimasion texnikalar vositasida bolaga kislorodli ingalyasiya qilinganida, asoratlar hozirgidek og‘ir bo‘lmasligi mumkin edi , - deydi bolalar nevropatologi.

2 yoshli go‘dakning onasi Muhabba Ne’matullayeva o‘g‘lining qay tarzda xovuzga yiqilib tushgani haqidaaytib berdi:

- Uyimiz atrofida baliqlar yashaydigan hovuz bor. Men hovuz yonida qo‘shnim bilan gaplashib turgan edim. Oradan 5-10 daqiqa o‘tdi. Shu payt o‘g‘lim yurib borib xovuzga yiqilib tushdi. Voqeani ko‘rib yugurib bordim va o‘g‘limni hovuzdan chiqarib oldim. Qo‘shnilar yugurib kelishdi. Bolamni o‘zimiz kasalxonaga olib bordik. Yo‘l bo‘yi u nafas olib kelayotgan edi. Shifoxonaga borganimizda, vrachlar bolaning allaqachon o‘lgani va uni o‘likxonaga olib borish kerakligini aytdi, - deydi Muhabbat Muhammedova.

Ayolning aytishicha, u bolasining tanasini o‘likxonadan olib, uyiga ketgan.

Uyga borib, bolamning nafas olmayotgan tanasini quchoqladim, shunda u kutilmaganda nafas ola boshladi. Bolamning tirikligidan xursand bo‘lib, uni uyga olib kirdim. Qo‘lchasini uqalay boshladim. Shu payt u chuqur nafas oldi va aksirdi. Keyin yig‘lay boshladi. Biz yana tez yordam chaqirdik. Vrach kelib, osma ukol uladi, uning oshqozonidan suyuqlik chiqara boshladi. Keyin o‘g‘lim bilan kasalxonada yotib davolandik. Shu payt u kommaga tushib qoldi va sakkiz kun shu holda yotdi, - deydi 2 yoshli bolaning onasi.

Buxoro viloyat ko‘p profilli bolalar tibbiyot markazi vrachi Xushnud Jalilov bu ayblovlarning barchasini rad etmoqda.

ca-news.org


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!