Buxorodagi qabristonda tarkibida giyohvandlik moddasi bo‘lgan o‘simliklar yetishtirilayotgani aniqlandi

Buxorodagi qabristonda tarkibida giyohvandlik moddasi bo‘lgan o‘simliklar yetishtirilayotgani aniqlandi

2019 yil 30 aprel kuni Jondor tuman IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida, Jondor tumani Po‘loti mahallasida yashovchi, muqaddam sudlanmagan, yakka tartibda ishlovchi, 1999 yilda tug‘ilgan fuqaro O‘.O, mahallada joylashgan Shahzoda Kabir qabristoni chekkasidagi tomorqa yerining oldida bo‘lgan qamishzor ichiga tuproq to‘ldirilgan 4 dona temir chelaklarga ta’qiqlangan giyohvandlik o‘simliklari (ekinlari) turkumiga kiruvchi, tarkibida faol giyohvandlik moddasi-tetragidrokannabinol mavjud bo‘lgan 4 (to‘rt) tup, bo‘yi 5-35 sm. bo‘lgan, yashil rangli, xo‘l (quritilmagan) holdagi, o‘ziga xos o‘tkir hidli Kannabis giyohvandlik o‘simligini qonunga xilof ravishda ekib, yetishtirib kelayotganligi aniqlangan.

Jahon.uz ning Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasidagi ishonchli manbasining ma’lum qilishicha, hozirda holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 270-moddasi 1-qismi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!