Buxoroda Yosh ijrochilarning “Shashmaqom” respublika festivali o‘tkaziladi

Buxoroda Yosh ijrochilarning “Shashmaqom” respublika festivali o‘tkaziladi

Buxoro viloyatida Yosh ijrochilarning “Shashmaqom” respublika festivalini tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori (685-son, 16.11.2021 y.) qabul qilindi.

📌 Qarorga muvofiq 2022 yildan har 2 yilda 1 marta may oyida Buxoro shahrida Yosh ijrochilarning “Shashmaqom” respublika festivali o‘tkaziladi.

📋 Qaror bilan festivalni o‘tkazish bo‘yicha nizom tasdiqlandi.

☑️ Festival haqida boshlanishidan 30 kun oldin OAVda e’lon beriladi.

➡️ Festivalda 30 yoshgacha yakka ijrochilar hamda ijodiy jamoalarning faqat maqom asarlari namoyish etiladi.

❕Ijrodan raqsdan foyladanish mumkin, barcha asarlar yoddan ijro etiladi.

🧾 Festival 2 ta shartda o‘tkaziladi “Mushkilot” (cholg‘u) va “Nasr” (ashula). Festival g‘oliblari diplomlar, qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!