O‘zbekiston va Xitoy TIV rahbarlari uchrashdi

O‘zbekiston va Xitoy TIV rahbarlari uchrashdi

TIV matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, 2024 yil 20 may kuni O‘zbekiston tashqi siyosat idorasi rahbari Baxtiyor Saidov Ostona shahrida Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zosi, Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashuv o‘tkazgan. Muloqotda sanoat, investisiyaviy, intellektual hamkorlik, madaniy va mintaqalararo aloqalarning yuqori dinamikasi O‘zbekiston va Xitoy xalqlari manfaatlari yo‘lida eng yaxshi natijalarga erishishga qaratilgani qayd etiladi.

O‘zaro muloqot chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik va barcha sharoitlarda har tomonlama strategik sheriklikni yanada mustahkamlash, oliy darajada erishilgan kelishuvlarni to‘liq va o‘z vaqtida amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, vazirlar mintaqaviy va global kun tartibidagi dolzarb mavzularni ham muhokama qildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi delegasiya 20-21 may kunlari Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti TIV rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etishmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!