Xitoy uning yaxlitligini buzadigan har qanday harakatlarga javob berishini aytdi

Xitoy uning yaxlitligini buzadigan har qanday harakatlarga javob berishini aytdi

XXR hududiy yaxlitligiga tahdid soladigan va «yagona Xitoy» tamoyiliga qarshi har qanday harakatlar darhol javob oladi. Bu haqda Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Van Venbin brifingda ma’lum qildi.

«Yagona Xitoy» tamoyiliga zid bo‘lgan va Xitoy Xalq Respublikasining milliy suvereniteti va hududiy yaxlitligiga tahdid soladigan har qanday harakat Xitoydan darhol va qat’iy javob oladi”, dedi TIV vakili.

Shuningdek, u Xitoy «Qo‘shma Shtatlar va Tayvan o‘rtasidagi rasmiy almashuvlarning har qanday shakliga qat’iy qarshilik ko‘rsatishini, shuningdek, Qo‘shma Shtatlarning har qanday shaklda va har qanday bahona bilan orol ishlariga aralashishiga qarshi ekanligini» ta’kidladi. Van Venbin «yagona Xitoy» tamoyiliga amal qilish «har qanday xorijiy davlat uchun XXR bilan munosabatlarni rivojlantirishning siyosiy asosi va zarur sharti» ekanligini eslatdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!