Qozog‘iston ham O‘zbekiston bilan ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani ratifikasiya qildi

Qozog‘iston ham O‘zbekiston bilan ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani ratifikasiya qildi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev O‘zbekiston bilan ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani ratifikasiya qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.

To‘liq kuchga kirgan mazkur shartnomada turli sohalarda o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash nazarda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi bitim 2022 yil 22 dekabr kuni Toshkent shahrida ikki davlat rahbarlari tomonidan imzolangan edi.

O‘zbekiston Prezidenti ikki davlat o‘rtasida tuzilgan shartnomani o‘tgan yili dekabrda ratifikasiya qilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!