Buxoroda og‘ufurushga hukm o‘qildi

Buxoroda og‘ufurushga hukm o‘qildi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Romitan tuman sudining ochiq sud majlisida, sudlanuvchi O.Haydarovga nisbatan jinoyat ishi ko‘rilib, unga nisbatan tegishli hukm va jazo tayinlandi.

Ish holatiga ko‘ra sudlanuvchi O.Haydarov qasddan jinoyat sodir etish yo‘liga o‘tib, tarkibida psixiatrop moddalar bo‘lgan “kannabis” psixotrop moddasini parvarish qilib, qonunga xilof ravishda sotish jinoyatini sodir qilgan.

O.Haydarov 2019 yil may oyining oxirlarida Buxoro viloyati Qorako‘l tumani “Bandboshi” MFY, Bandboshi qishlog‘ida joylashgan yashash uyi hovlisining tomorqa yerida bir tup kannabis o‘simligining urug‘ini ekib, ushbu yerda unib chiqqan taqiqlangan ekin hisoblangan, tarkibida giyohvand vositasi bo‘lgan bir tup kannabis o‘simligini 2019 yilning sentyabr oyiga qadar parvarishlab qilib, o‘zining g‘ayriqonuniy harakatlarini davom ettirgan holda 2019 yil 16 oktyabr kuni 2 dona falga qog‘ozlariga alohida alohida o‘rab joylashtirilgan kimyoviy ekspertizaning №289-sonli xulosasiga ko‘ra sof vazni 2,39 (ikki butun yuzdan o‘ttiz to‘qqiz) gr.ga teng bo‘lgan, ozginadan ko‘proq miqdordagi marixuana giyohvandlik vositasini naqd 60.000 (oltmish ming) so‘m pul evaziga nazorat tartibida giyohvandlik vositasini sotib olish uchun yuborilgan T.YU.Komilovaga qonunga xilof ravishda sotgan vaktida, tezkor xodimlar tomonidan jinoyat ustida qo‘lga olingan..

Sud majlisida sudlanuvchi O.Haydarovga O‘zbekiston Respublikasi JKning 270-moddasi 1-qismi, 273-moddasi 2-qismi bilan JKning 57-moddasini qo‘llab, 3 yil 6 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!