Buxoroda ispaniyalik sayyohlarga taomlarni qimmat narxga sotgan kafe rahbariyati jinoiy javobgarlikka tortildi

Buxoroda ispaniyalik sayyohlarga taomlarni qimmat narxga sotgan kafe rahbariyati jinoiy javobgarlikka tortildi

Buxoro shahridagi «Buxoro Lolo Servis» MCHJga rahbariyatiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi, deb xabar berdi Telegram’dagi «Poslushano v Buxare» guruhi.

Qayd etilishicha, ushbu MCHJga qarashli «Budriddin» restorani xodimlari 5 sentyabr kuni restoranga mijoz sifatida kelgan Ispaniyaning Madrid shahrida yashovchi Ortiz Sanchez Fransisco Javier va uning turmush o‘rtog‘i Rodriguez-Contreras Perez’larning buyurgan taomlarini restorandagi qimmat narxdagi taomnoma asosida hisoblab, ulardan 189 200 so‘m pulni to‘lov sifatida qabul qilib olgan.

Ushbu restoranda mahalliy aholi vakillari va xorijiy mehmonlar uchun turli narxdagi taomnoma joriy etilganligi yuzasidan tushunmovchiliklar yuzaga kelgan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan «Buxoro Lolo Servis» MCHJ rahbarlariga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov Buxoro shahar IIB tomonidan olib borilmoqda.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!