Stoltenberg NATO mamlakatlari AQSh sammitida Ukrainaning a’zoligiga rozi bo‘lishini kutmaydi

Stoltenberg NATO mamlakatlari AQSh sammitida Ukrainaning a’zoligiga rozi bo‘lishini kutmaydi

Kiyevga kelgan NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg Vashingtonda yozda bo‘lib o‘tadigan sammitda alyans Ukrainaning a’zoligi bo‘yicha kelishuvga erishishini kutmaydi.

“Bu qaror uchun barcha ittifoqchilar rozi bo‘lishi kerak. Bizga konsensus kerak, barcha 32 ittifoqchi rozi bo‘lishi kerak. Iyuldagi sammitga qadar bu kelishuv bo‘ladi deb o‘ylamayman, lekin biz Ukrainani NATOga yaqinlashtirayotganimizni namoyish qilamiz”, dedi Stoltenberg.

Ukraina prezidenti devoni rahbari Andrey Ermak avvalroq Kiyev alyansning AQShda bo‘lib o‘tadigan sammitida NATOga taklif olishga umid qilayotganini aytgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!