Buxoroda dahshatli falokat: ikki kishi halok bo‘ldi

Buxoroda dahshatli falokat: ikki kishi halok bo‘ldi

2019 yil 15 may kuni soat 02:40larda Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida yashagan 19 yoshli B.B. boshqaruvidagi Gazel rusumli yuk avtomashinasini Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumani hududida haydab ketayotib, o‘zidan oldinda svetaforning qizil chirog‘iga to‘xtab turgan fuqaro SH.X. boshqaruvidagi Kamaz rusumli yuk avtomashinasining orqa qismiga borib urilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasining yozishicha, natijada Gazel yuk avtomashinasi haydovchisi jarohat olib voqea joyida va uning yo‘lovchisi 19 yoshli B.K. kasalxonada vafot etganlar. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!