Buxoroda 4 kishi Qrim-Kongo kasalligiga chalinganmidi?

Buxoroda 4 kishi Qrim-Kongo kasalligiga chalinganmidi?

Respublika Davlat sanitariya epidemiologiya nazorat markazi ijtimoiy tarmoqlarda Buxoroda to‘rt kishi Qrim-Kongo kasalligiga chalinganligi to‘g‘risida berilayotgan xabarlarga aniqlik kiritdi. Bu haqda O‘zA yozmoqda.

Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati respublika markazining Kun.uz ga xabar berishicha, har yili bahor va yoz mavsumida ko‘plab mamlakatlarda bo‘lgani kabi Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlarda ham Qrim-Kongo gemmoragik isitma kasalligi qayd etilishi kuzatib turiladi. Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida Buxoro viloyatining Qorako‘l va Jondor tumanlarida 4 nafar kishi ushbu kasallikka chalingani gumon qilinib, yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.

Kasallikni kelib chiqishi sabablari o‘rganilganda, bemorlarning barchasi cho‘l hududlarida chorva mollarini boqish va ularni parvarishi bilan shug‘ullanib kelgan fuqarolar ekanligi ma’lum bo‘lgan. Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligi ularga kana chaqishi, kanani himoyalanmagan qo‘llar bilan chorva mollaridan olib, ezib o‘ldirilishi va qo‘y qirqim vaqtida kana chaqishi orqali yuqqanligi aniqlangan.

Ushbu kasallik bilan xastalangan bemorlar viloyatdagi yuqumli kasalliklar shifoxonalariga yotqizilib, barcha zaruriy davo muolajalari o‘tkazilgan. Bemorlar qisqa vaqt ichida butunlay sog‘ayib, yaxshi ahvolda shifoxonadan uyiga javob berilgan.

Kasallik o‘choqlarida sanitariya-epidemiologiya va veterinariya xizmatlari mutaxassislari tomonidan epidemiyaga va epizootiyaga qarshi chora-tadbirlar o‘tkazilgan. Natijada odamlar o‘rtasida kasallikni tarqalib ketishiga yo‘l qo‘yilmagan. Mamlakatda odamlar o‘rtasida Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligini oldini olish bo‘yicha samarali profilaktik chora-tadbirlar amalga oshirilib, bu tadbirlar qat’iy nazoratga olingan, deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!