Bugun Toshkent metropoliteni ba’zi bekatlarining kirish qismlari yopiladi

Bugun Toshkent metropoliteni ba’zi bekatlarining kirish qismlari yopiladi

Toshkent metropoliteni yo‘nalishlarining ba’zi bekatlariga kirish qismlari 24 sentyabr kuni ishlab chiqarish zarurati sababli soat 05:00 dan boshlab yopiladi. Bu haqda O‘zbekiston Transport vazirligi axborot xizmati tomonidan ma’lum qilindi.

Vazirlik tomonidan berilgan xabarga ko‘ra, 24 sentyabr kuni quyidagi kirish qismlari yopiladi.

«Chilonzor» yo‘nalishi:

  • «Pushkin» bekati — «Salar» ko‘prigi tomondan kirish qismi;
  • «Hamid Olimjon» bekati — «O‘zmilliybank» tomondan kirish qismi;
  • «Amir Temur» bekati — 50-maktab tomondan kirish qismi;
  • «Mustaqillik maydoni» bekati — Mustaqillik maydoni tomondan kirish qismi;
  • «Xalqlar do‘stligi» bekati — Tashkent City tomondan kirish qismi;
  • «Novza» bekati — «Novza» masjidi tomondan kirish qismi;
  • «Mirzo Ulug‘bek» bekati — «Milliy» stadion tomondan kirish qismi.

«O‘zbekiston» yo‘nalishi:

  • «Toshkent» bekati — «Toshkent pochtasi» tomondan kirish qismi;
  • «Oybek» bekati — Farmasevtika instituti tomondan kirish qismi;
  • «Kosmonavtlar» bekati — Interpol binosi tomondan kirish qismi;
  • «Tinchlik» bekati — Gaz loyihalash instituti tomondan kirish qismi.

«Yunusobod» yo‘nalishi:

  • «Mingo‘rik» bekati — Geologiya muzeyi tomondan kirish qismi;
  • «Abdulla Qodiriy» bekati — Gyote instituti tomondan kirish qismi;
  • «Minor» bekati — Moliya instituti tomondan kirish qismi;
  • «Bodomzor» bekati — «O‘zmilliybank» tomondan kirish qismi;
  • «Shahriston» bekati — «Yunusobod» bozori tomondan kirish qismi;
  • «Turkiston» bekati — Uchqahramon tomondan kirish qismi.

Vazirlik xabarida yuqorida sanab o‘tilgan kirish qismlari qaysi sana va vaqtgacha yopiq bo‘lishi ma’lum qilinmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!