Britaniya tartibsizliklar sababli masjidlarni qo‘shimcha himoya qiladi

Britaniya tartibsizliklar sababli masjidlarni qo‘shimcha himoya qiladi

Buyuk Britaniya hukumati mamlakatdagi muhojirlarga qarshi tartibsizliklar vaqtida hujumga uchrashi mumkin bo‘lgan masjidlarni qo‘shimcha himoya bilan ta’minladi.

Bu haqda Buyuk Britaniya Ichki ishlar vazirligi rahbari Ivet Kuper ma’lum qildi.

«Mahalliy masjidlar ko‘p jamoalarda yuz bergan sharmandali tahdidlar va hujumlarni hisobga olib, hukumat masjidlarni himoya qilish va xavfsizlik dasturi orqali qo‘shimcha operativ yordam, shuningdek, mahalliy polisiya kuchlarini qo‘llab-quvvatlamoqda», dedi u.

Hukumat bayonotida qayd etilishicha, mazkur dasturning mablag‘lari ushbu maqsadlarga yo‘naltiriladi. Bu yil uchun uni amalga oshirish uchun allaqachon 29,4 million funt sterling (38 million dollar) ajratilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!