Britaniya hukumati vazirlari Meyning iste’fosini talab qilishmoqchi

Britaniya hukumati vazirlari Meyning iste’fosini talab qilishmoqchi

Angliya hukumati a’zolari amaldagi bosh vazir Tereza Meyning iste’fosini va hozirda nomzodligi muhokama qilinayotgan vaqtinchalik raisni tayinlashni xohlashmoqda.

The Sunday Times gazetasi siyosiy sharhlovchisi Tim Shipmanning so‘zlariga ko‘ra, bu haqda unga vazirlar ma’lum qilishgan. Shipmanning ta’kidlashicha, u hukumatning 11 nafar a’zolari bilan gaplashishga muvaffaq bo‘lgan.

Ular dushanba kuni bo‘ladigan hukumat yig‘ilishida bu masalani ko‘tarishmoqchi. Hukumat a’zolari Brexit ga qarshi chiqadigan vaqtinchalik rahbarni tayinlashmoqchi , deb yozadi u Tvitterda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!