Bosh prokuratura tashabbusi bilan Toshkent viloyatida bir qator xayrli ishlar amalga oshirildi

Bosh prokuratura tashabbusi bilan Toshkent viloyatida bir qator xayrli ishlar amalga oshirildi

Bosh prokuraturaning ishchi guruhi tashabbusi bilan «Yoshlar – kelajagimiz» davlat dasturini amalga oshirish jarayonida Toshkent viloyatining Quyichirchiq tumanidagi 22 mingdan ziyod aholi istiqomat qilib kelayotgan Madaniyat, Kushek, Jumagul, Tinchlik, Paxtazor, Do‘stlik, Beruniy nomli 7 ta mahallalarda ichimlik suvi ta’minoti tizimi qayta tiklanib, aholiga toza ichimlik suvi yetkazib berilishi ta’minlandi.

Shu bilan birga, 78,5 kilometr avtomobil yo‘llari va 36ta jamoat transporti bekatlari joriy va kapital ta’mirlandi, aholining 3 mingdan ziyod ijtimoiy-maishiy muammolari hal etildi.

Yosh oilalar uchun uy-joy va ijtimoiy infratuzilma ob’ektlari, jumladan, maktabgacha ta’lim muassasasi, bolalar ijodiyot markazi, sport va bolalar maydonchalari, istirohat bog‘i, yoshlar tadbirkorligi uchun ob’ektlari joylashgan «Yoshlar – kelajagimiz» majmuasi qurib bitkazildi.

Majmua tarkibida zamonaviy axborot-resurs markazi tashkil qilindi, markaz yuqori sozlamali kompyuter texnikalari va optik tolali internet aloqa tizimi bilan ta’minlandi, shuningdek, mazkur tizim davlat organlari saytlari, Alisher Navoiy nomli Milliy kutubxona fondi tarmog‘i hamda «ZiyoNET» ta’lim portaliga ulandi.

Bundan tashqari, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni jalb qilish ishlari jadallashtirildi. Xususan, tuman hududida velosipedlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan korxonani tashkil etish bo‘yicha 80 mln. dollari miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni jalb qilish hamda 3000 tadan ziyod, shundan 70 foizi yoshlarga mo‘ljallangan yangi ish o‘rinlarini yaratish nazarda tutildi, deyiladi Bosh prokuratura matbuot xizmati xabarida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!