Bosh og‘rig‘iga sabab bo‘luvchi 4 elementni bilasizmi?

Bosh og‘rig‘iga sabab bo‘luvchi 4 elementni bilasizmi?

Tanada ba’zi elementlarning yetishmasligi bosh og‘rig‘iga 4 barobar ko‘proq ta’sir etishi isbotlangan. Ular quyidagilar:

🔷 Foliy kislota va B12 vitamini
Foliy kislota ismaloq, qushqo‘nmas, oshqovoq, sabzi, lavlagi tarkibida ko‘p miqdorda mavjud. Vitamin B12 esa tovuq tuxumida mavjud bo‘ladi.

🔷 Mis va temir
Organizmda temir zaxirasini yaratish uchun dengiz o‘tlari, kunjut urug‘lari, donli mahsulotlar, salat bargi, jigar iste’mol qilib turishni unutmang.

🔷 B6 vitaminining yetishmovchiligi
Uning yetishmovchiligini bartaraf qilish va yurak qon-tomirlari, asab va miya salomatligini saqlash uchun don mahsulotlari, sabzavotlar, jigar, loviya iste’mol qilish kerak.

🔷 D vitamini yetishmovchiligi
Ma’lumki, D vitamini tanada tabiiy ravishda quyosh nurlari ostida hosil bo‘ladi. Ammo qishda uni oziq-ovqat mahsulotlari, ya’ni loviya, dengiz mahsulotlari, tuxum va sut mahsulotlari bilan to‘ldirish mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!