Boris Jonson yana o‘zini-o‘zi yakkalash rejimiga o‘tdi
Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson koronavirusga chalingan bemor bilan aloqada bo‘lganidan keyin o‘zini izolyasiya qildi. Bosh vazirning o‘zida kasallik alomatlari yo‘q va u o‘zini yaxshi his qilmoqda deb yozadi Dauning Strit.
12 noyabr kuni Jonson deputatlar bilan uchrashuv o‘tkazgan edi, unda Li Anderson qatnashgan va unda koronavirus aniqlangan.
Ta’kidlanishicha, Jonson Dauning-Stritdagi qarorgohida o‘zini-o‘zi izolyasiya qilishni boshlagan. U yerdan Britaniya Bosh vaziri o‘z ishlarini davom ettiradi.
Eslatib o‘tamiz, Jonson koronavirusni bahorda yuqtirib olib, davolanib chiqqan edi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)