Boris Jonson AstraZeneca vaksinasi bilan emlandi

Boris Jonson AstraZeneca vaksinasi bilan emlandi

19 mart kuni Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson AstraZeneca kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan vaksinaning birinchi dozasini qabul qilib oldi. Jonson bunday qilish bilan AstraZeneca kompaniyasi vaksinasi xavfsiz ekanini odamlarga ko‘rsatdi.

“Men vaksinani qabul qilayotganimda hech narsani sezmadim. Bu juda tez va oson bo‘ldi. Emlash haqidagi xabarni olgan barcha, iltimos, borib vaksinani qabul qiling. Bu o‘zingiz, oilangiz va qolgan hamma uchun foydali” deydi 56  yoshli Jonson Londondagi kasalxonada emlanganidan keyin bergan intervyusida. Jonson o‘z nutqida AstraZeneca kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan vaksinadan foydalanishni davom ettirishga ruxsat berilganini ham alohida ta’kidlagan.

Boris Jonson o‘tgan yilning mart oyida koronavirusga chalingandi. O‘shanda u 1 hafta davomida Londondagi “Avliyo Tomas” kasalxonasida davolangan. U uch kun reanimasiya bo‘limida xam bo‘lgan.

O‘tgan bir necha hafta davomida AstraZeneca kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan vaksina odam qonida tromblarni keltirib chiqarishi haqida xabarlar tarqalgan va shundan keyin ko‘plab mamlakatlar ushbu vaksina bilan aholini emlashni to‘xtatib qo‘ygandi. Ammo, kecha Yevropadagi Germaniya, Fransiya va Italiya kabi mamlakatlar AstraZeneca vaksinasidan foydalanishni davom ettirishlarini ma’lum qilishdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!