Bolalarga ovqat bermay, telefonda gaplashib o‘tiradigan bog‘cha tarbiyachisi ishdan haydaldi (VIDEO)

Bolalarga ovqat bermay, telefonda gaplashib o‘tiradigan bog‘cha tarbiyachisi ishdan haydaldi (VIDEO)

Ijtimoiy tarmoqlarda Urganch tumani 2-sonli bog‘chada tarbiyachisining bolalarni kaltaklagani aks etgan video tarqalgan edi. Unda tarbiyachi S.S.ning bolalarni chizg‘ich bilan urishi, qattiq chimchilashi, shuningdek, bolalarga ovqat bermasdan, soatlab telefonda gaplashib o‘tirishi aks etgan.

Maktabgacha ta’lim vazirligi holat yuzasidan barcha zarur choralarni ko‘rish hamda MTTdagi kuzatuv kameralaridagi mavjud videotasvirlar dalil sifatida, bolalarga nisbatan qo‘llanilgan noqonuniy xatti-harakatlar yuzasidan tegishli huquq-tartibot idoralariga taqdim etilishini ma’lum qilgandi.

Bosh prokuraturaning «Daryo»ga ma’lum qilishicha, ushbu holat Urganch tumani prokuraturasi tomonidan o‘rganildi. O‘rganish davomida tarbiyachi S.S. o‘z tushuntirish xatida 17 oktyabrda 2-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti mudiri L.Q o‘rtasida kelishmovchilik kelib chiqqanligini, o‘z guruhiga borganida tarbiyalanuvchilar bir-birlari bilan janjallashayotganligini ko‘rib jahl bilan ularni kaltaklaganini, biroq ularga og‘ir shikast yetkazmaganligini bayon qilgan.

Ushbu holat 25 oktyabr kuni Viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi va tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi xodimlari, shuningdek, tarbiyalanuvchilarning ota-onalari ishtirokida muhokama qilingan. Muhokama natijasiga ko‘ra, tarbiyachi S.S o‘z vazifasidan ozod etilgan.

Shuningdek, tarbiyachi S.S. xatti-harakatlari yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazib, qonuniy qaror qabul qilinishi uchun to‘plangan hujjatlar tuman IIBga yuborilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!