Bojxonachilar tadbirkor huzurida

Bojxonachilar tadbirkor huzurida

Bugungi kunning muhim vazifalaridan biri - eksport salohiyatini oshirish, barcha sohalarda tadbirkorlar uchun qulaylik yaratish orqali ularga amaliy yordam berishdir.

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi tomonidan ham ushbu yo‘nalishda tizimli ishlar amalga oshirilib, ishlab chiqarilayotan tovarlarning chet elga eksport qilinishida tadbirkorlarga tezkor va zamonaviy bojxona xizmatlari ko‘rsatib kelinmoqda.

Bu borada “Toshkent-tovar” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida tadbirkorlar bilan muloqotning samarali tizimi joriy etilgan. Post xodimlari tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Toshkent shahridagi “BAKAN TEX” mas’uliyati cheklangan jamiyatga tashrif buyurishdi.

Korxona 2017 yilda ish faoliyatini yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, korxonaning yiligi 20 ming tonna paxta tolasini qayta ishlash quvvatiga ega.

Bu yerda bir kunda o‘rtacha 38 tonna ip kalava ishlab chiqariladi.

E’tiborlisi, bugungi kunda ushbu tekstil korxonasida 500 dan ortiq aholi ish bilan ta’minlangan. Korxona nafaqat ichki bozorga balki, Eron, Turkiya, Polsha va Rossiya davlatlariga mahsulotlarini eksport qiladi.

Joriy yilning o‘tgan 8 oyi davomida korxona tomonidan 16,2 mln. dollarlik tovarlar xorij bozorlariga yo‘naltirilgan.

Tadbirkorga yaqindan ko‘makchi bo‘lish, ularga sifatli bojxona xizmatini ko‘rsatish, qolaversa, olib kirilgan mahsulot yoki asbob-uskunalarga bojxona to‘lovlaridan imtiyozlar berish eksport ko‘rsatkichi yanada oshishiga muhim omil bo‘ladi. Shu bois, korxona tomonidan 1,1 mln. dollar qiymatidagi xom ashyo va asbob-uskunalar import qilingan.

Tashrif davomida post xodimlari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining tashqi iqtisodiy faoliyat jarayonlarini amalga oshirishdagi muammolari o‘rganildi, shuningdek, ularga bojxona sohasida yangi qabul qilingan me’yoriy hujjatlar talablari yetkazildi.

Uchrashuvda post xodimlari tadbirkorlarga doimo ko‘mak berishga tayyorligini aytib o‘tishdi.

Zero, bugun tadbirkorlarga barcha sohalarda ko‘rsatilayotgan amaliy yordamlar natijasida mahalliy ishlab chiqarish, eksport ko‘rsatkichlari tobora yuqorilab boraveradi. Bu esa yurtimiz iqtisodiyotining yanada rivojlanishiga va aholi farovonligiga xizmat qiladi.

Bobur Yunusov,

“Toshkent-tovar” bojxona posti katta inspektori


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!