BMT “Tolibon” harakatini olqishladi

BMT “Tolibon” harakatini olqishladi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti “Tolibon” harakatining Dohada bo‘lib o‘tadigan Afg‘oniston bo‘yicha konferensiyasida ishtirok etish niyatini olqishlaydi va bu Tolibon va xalqaro hamjamiyat o‘rtasida ishonch o‘rnatish jarayonini boshlash uchun zarur, deb hisoblaydi.

Biz jarayonni davom ettirishga va muhim maslahatlashuv mexanizmini saqlab qolishga harakat qilmoqdamiz. Dohadagi konferensiyada “Tolibon” rasmiylarning unda ishtirok etishga tayyorlanayotgani haqidagi bayonotini olqishlaymiz, — deb ta’kidladi BMT Bosh kotibining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Roza Otunboeyva.

Vakil xalqaro huquqiy majburiyatlarini hurmat qilgan holda Afg‘onistonning xalqaro hamjamiyatga to‘liq reintegrasiyalashuvini mustaqil baholashda ko‘rsatilgan maqsadga e’tiborni qaratishni zarur deb hisoblagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!