BMT: Insoniyat aro yo‘lda turibdi

BMT: Insoniyat aro yo‘lda turibdi

Madridda BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasi o‘tkazilmoqda, deya xabar beradi Gidrometeorologiya xizmati Markazi. 

Ispaniya poytaxtida 2-13 dekabrda bo‘lib o‘tayotgan BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasida 196 mamlakat vakillari, shu jumladan 50 ta davlat va hukumat rahbarlari, fuqarolik jamiyati, xususiy sektor va yoshlar harakati vakillari ishtirok etmoqda.

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish sammitni ochib, mamlakatlarni sayyoradagi iqlim o‘zgarishi bilan yanada keskin kurashishga chaqirdi.

BMT Rahbarining so‘zlariga qaraganda, hozirgi vaqtda insoniyat ora yo‘lda turibdi, keyingi o‘n yillikning oxirigacha ikkita yo‘lning biridan boradi. U yoki qaytmas nuqtadan o‘tib, sayyoradagi barcha tirik jonni xavf ostiga qo‘yadi, yoki, “umid yo‘li”dan borib, SO ajratmalari miqdorini darhol kamaytiradi.

Konferensiya ishtirokchilari atrof muhit ifloslanishini tezroq kamaytirish, iqlim isishining oldini olishga imkon beradigan choralarni muhokama qilmoqdalar. Mamlakatlar Parij bitimini qabul qilib, yuz yillikning oxirigacha haroratning 1.5-2 daraja atrofida ko‘tarilishini ushlab qolish, 2030 yilga kelib issiqxona gazlari ajaratmalarini 45%ga qisqartirish, 2050 yilga kelib esa ajratmalarning nol darajasiga erishishga va’da berganlar.

Konferensiyaning turli tadbirlar, seminarlar. Ma’ruzalardan iborat keng rasmiy va qo‘shimcha dasturlari bor.

Madrid konferensiyasi katta jamoat rezonansiga ega bo‘lmoqda. Ijtimoyi tarmoqlarda #ClimateAction heshtegi ostida zudlik bilan iqlimiy harakatlarga chorlovchi materiallar chop etilmoqda. Undag tashqari yoshlar tashkilotlari ko‘pgina tadbirlar o‘tkazmoqda, xususan Yoshlar konferensiyasi (Conference of the Youth in Madrid) ish boshladi.

Konferensiya ishida BMT Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi doiraviy konvensiyasining milliy koordinatori bo‘lgan O‘zgidromet va O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi vakillaridan iborat O‘zbekiston Respublikasi delegasiyasi ham ishtirok etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!