Bitkoin kursi deyarli 20 foizga tushdi

Bitkoin kursi deyarli 20 foizga tushdi

Oxirgi ikki kun ichida Bitkoin kursi deyarli 20 foizga tushib, fevral oyidagi darajaga yetdi. Buning sabablaridan biri bankrot bo‘lgan Genesis Trading kompaniyasining tokenlarini sotish edi.

Kapitallashuv bo‘yicha ikkinchi kriptovalyuta – Ethereum ham narxi sezilarli darajada pasaydi – bir kunda 18 foizga, ikki kun ichida deyarli 30 foizga arzonlashdi, deb yozadi spot.uz.

Mutaxassislar o‘tgan hafta kriptovalyutalarning yuqori o‘zgaruvchanligini qayd etib, buni AQSh Federal rezerv tizimining asosiy stavkani taxminan 5,5% darajasida ushlab turish qarori bilan bog‘lashdi. Fed pul-kredit siyosatini faqat inflyasiya maqsadi 2 foizga yetishiga ishonchi komil bo‘lsagina yumshatishini aytdi, biroq sentyabr oyi boshida stavkaning pasayishini istisno qilmadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!