"Birorta hudud rahbarining bu masalada “o‘yin qilishga ”haqi yo‘q" – Mirziyoyev

"Birorta hudud rahbarining bu masalada “o‘yin qilishga ”haqi yo‘q" – Mirziyoyev

Prezident kuni kecha imzolagan qarorga muvofiq, kelgusi yilda paxta va g‘alladan qisqartiriladigan 80 ming gektar maydonlar aholiga dehqon xo‘jaligi tashkil etish uchun 10 sotixdan 1 gektargacha 10 yil muddatga ochiq elektron tanlov o‘tkazish orqali ijaraga beriladi.

Bunda asosiy mezon tomorqadan samarali foydalanish va yaratiladigan ish o‘rinlari bo‘ladi.

Ushbu yerlarda dehqonchilik qilish uchun oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida sabzavot, poliz va dukkakli ekinlar ekishga 6 oylik imtiyozli davr bilan 2 yilgacha kredit ajratiladi.

Yig‘ilishda har bir yer uchastkasi 2 kunda kadastr ro‘yxatidan o‘tkazilishi shartligi, aholi davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha yig‘imlardan ozod qilinishi ta’kidlandi.

Kelgusi yil 1 martga qadar barcha qishloq xo‘jaligi yerlarining kadastr ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlash vazifasi qo‘yildi. "Birorta hudud rahbarining bu masalada “o‘yin qilishga” haqqi yo‘q", dedi Prezident.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!