Birinchi "C-295" harbiy transport samolyoti Hindiston havo kuchlari arsenaliga kiritildi

Birinchi "C-295" harbiy transport samolyoti Hindiston havo kuchlari arsenaliga kiritildi

Hindiston havo kuchlari Sevilyadagi Airbus Military kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan birinchi o‘rta ko‘taruvchi harbiy transport samolyoti C-295 ni qabul qilib oldi.

Hindiston Harbiy-havo kuchlari shtabi boshlig‘i, havo kuchlari marshali Vivek Ram Chaudxari topshirish marosimida so‘zga chiqib, mamlakat harbiy-havo kuchlari bunday samolyotlarning eng katta parkiga ega bo‘lishini aytdi. Shunday qilib, “Airbus” kompaniyasi bilan hamkorlikda imzolangan shartnomada ana shunday 56 ta samolyot yetkazib berish ko‘zda tutilgan.

Shu bilan birga, dastlabki 16 ta samolyot 2024-yil oxirigacha xorijdan keladi, qolganlari esa so‘nggi yillarda xorijiy yetkazib beruvchilarga qaramligini kamaytirishga urinayotgan Hindistonda ishlab chiqariladi.

“Bu mamlakat aviasiya sanoati uchun katta qadamdir”, dedi Chaudxari.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!