Bayden Rossiya bilan shartnoma muddatini uzaytirmoqchi. U qurollanish bo‘yicha

Bayden Rossiya bilan shartnoma muddatini uzaytirmoqchi. U qurollanish bo‘yicha

Oq uyning 21 yanvar kuni bergan xabariga ko‘ra, AQShning yangi prezidenti Jo Bayden Rossiya bilan qurollanishni nazorat qilish bo‘yicha tuzilgan “Yangi START” bitimining muddatini besh yilga uzaytirishga urinib ko‘radi. Ushbu shartnomaning muddati fevral oyining boshida tugaydi.

“Prezident anchadan beri Rossiya bilan tuzilgan “Yangi START” shartnomasi AQSh milliy xavfsizligiga xizmat qilishini ta’kidlab kelmoqda. Mazkur bitim muddatining uzaytirilishi Rossiya bilan ziddiyatlar keskinlashgan hozirgi paytda ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi” deydi Oq Uyning matbuot kotibi Jen Psaki.

5 fevral kuni o‘z nihoyasiga yetadigan qurol-yarog‘ nazorati to‘g‘risidagi bitimga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar va Rossiyaga strategik yadroviy raketalarni 1550 tadan ko‘p miqdorda joylashtirmaslik majburiyatini yuklaydi. Shuningdek, mazkur shartnoma quruqlik va suv osti kemalarida yadroviy raketalar va bombardimonchi samolyotlar soni cheklanishini ham talab qiladi.

Pentagon ham ushbu shartnomaning uzaytirilishi amerika xalqining “ancha xavfsizroq” yashashiga xizmat qilishini ta’kidlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!