Bayden qariganini tan oldi, lekin «o‘tkir aqli» bor

Bayden qariganini tan oldi, lekin «o‘tkir aqli» bor

Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Jo Bayden o‘zining «so‘z san’ati»ni yana bir bor namoyish etdi.
«Men qarib qoldim. Lekin, birinchi navbatda, men Trampdan bor-yo‘g‘i uch yosh kattaman. Ikkinchidan, aqliy ziyrakligim juda yaxshi», - dedi Jo Bayden NBC News telekanaliga bergan intervyusida.

Shu bilan birga, Amerika yetakchisi o‘z prezidentligining uch yarim yillik faoliyati davomida Qo‘shma Shtatlarning boshqa yetakchilariga qaraganda ancha ko‘p ishlarni amalga oshirganini ta’kidladi.

«Men ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha hukm qilinishini xohlayman», deb qo‘shimcha qildi Bayden.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!