"Bavariya" Falastinni qo‘llab-quvvatlagan Mazraui bilan suhbat o‘tkazadi

"Bavariya" Falastinni qo‘llab-quvvatlagan Mazraui bilan suhbat o‘tkazadi

"Bavariya" rahbariyati jamoaning marokashlik himoyachisi Nussair Mazraui bilan Falastinni qo‘llab-quvvatlovchi post e’lon qilgani sababli suhbat o‘tkazadi, deyiladi Myunxen klubi bayonotida.

Avvalroq Mazraui Marokash va Falastin bayroqlari tushirilgan suratni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan va unga "Biz birga kuchlimiz" degan yozuvni ilova qilgan edi. Shuningdek, futbolchi Marokash terma jamoasi futbolchilari va murabbiylar shtabi Afrika kubogi oldidan o‘tkazilgan o‘yinlar uchun olgan barcha bonus mablag‘larini Falastinga o‘tkazishi va kelajakda insonparvarlik yordami ko‘rsatishini aytdi.

"Bavariya" yakshanba kuni ijtimoiy tarmoqdagi postidan so‘ng darhol Nussayr Mazraui bilan bog‘landi. Futbolchi hozirda Marokash terma jamoasi tarkibida. Qaytganidan keyin Myunxenda klub rahbariyati bilan batafsil shaxsiy suhbat rejalashtirilgan.

"Nima bo‘lishidan qat’iy nazar, klubning har bir xodimi va har bir futbolchisi "Bavariya" qanday qadriyatlarni anglatishini biladi. Biz buni Isroilga qilingan teraktdan so‘ng darhol e’lon qilgan postda ochiq va aniq ifodaladik. Biz Isroildagi do‘stlarimiz haqida qayg‘uramiz va qo‘llab-quvvatlaymiz. Shu bilan birga, biz Yaqin Sharqdagi barcha xalqlarning tinch-totuv yashashiga umid qilamiz", — deyiladi "Bavariya" klubi bayonotida.

Mazrauiyning o‘zi keyinroq uning bayonoti mazmuniga oydinlik kiritdi. "Gap shundaki, men Yer yuzida tinchlik va adolat o‘rnatilishiga intilaman. Demak, men har doim terrorizm, nafrat va zo‘ravonlikka qarshi bo‘laman", — dedi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!