“Barselona” klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi

“Barselona” klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi

Ispaniyaning “Barselona” hamda Fransiyaning “PSJ” klublari to‘qnash kelgan Chempionlar ligasi 1/4 finalining javob uchrashuvi 16 aprel kuni yakunlandi. Uchrashuvda “PSJ” “Barselona”ni 4:1 hisobida mag‘lub etdi (umumiy hisob — 6:4).

Shu tariqa Kataloniya jamoasi Chempionlar Ligasining yarim finaliga chiqa olmay, turnirni tark etdi.

Parijliklar bilan qarama-qarshilik natijasi “Barselona”ga klublar o‘rtasidagi jahon chempionatiga chiqishga imkon bermadi. Xavi shogirdlari reyting ochkolari bo‘yicha Madridning “Atletiko” klubidan o‘tib keta olmadi. “Barselona” turnirda ishtirok etish uchun Chempionlar Ligasida Diego Simeone shogirdlaridan yaxshiroq natija qayd etishi joiz edi.

Eslatib o‘tamiz, 2025 yilgi klublar o‘rtasidagi jahon chempionati 2025 yilning 15 iyunidan 13 iyuliga qadar AQShda bo‘lib o‘tadi. Turnirda “Real Madrid” va “Atletiko Madrid”, “Manchester Siti” va “Chelsi”, Germaniya chempionati vakillari “Bavariya” va “Borussiya Dortmund”, Italiyaning “Inter” va “Yuventus” hamda Fransiyaning “PSJ klubi, shuningdek, Portugaliyaning “Benfika” va “Portu” klublari ishtirok etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!