"Barselona" Grizmann uchun "Atletiko"ga futbolchisini bermoqchi

"Barselona" Grizmann uchun "Atletiko"ga futbolchisini bermoqchi

"Barselona" "Atletiko" bilan Antuan Grizmann transferi borasida muzokaralarni boshladi, deb yozadi "Mundo Deportivo".

Manbaga ko‘ra, Kataloniya klubi Grizmanning transferiga himoyachi Nelson Semeduni qo‘shishga tayyor. O‘z navbatida "matraschilar" rahbariyati ham portugaliyalik futbolchiga qiziqmoqda. Shuningdek, Semedu ham jamoasini o‘zgartirishga qarshi emas.

Ta’kidlash kerakki, Grizmanning tovon puli 1 iyulda 200 mln yevrodan 120 mln yevroga tushadi. Semeduning narxi esa 40 mln yevroga teng.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!