Bahodir Jalolov janglardan oladigan gonorarini nimaga sarflashini aytdi

Bahodir Jalolov janglardan oladigan gonorarini nimaga sarflashini aytdi

Superog‘ir vazn toifasidagi professional bokschimiz, Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni Bahodir Jalolov gonorarlarini qay maqsadlarga ishlatgani haqida gapirdi.

"To‘g‘risini aytsam, yarmiga yaqinini ustozlarimga berdim. Sababi, shuncha qilgan mehnatimiz, natijalarimizda ustozlarimiz asosiy rolda. Qolganini o‘zimning oilamga sarfladim. Onamni Umra safariga jo‘natdim. Bizda, ya’ni, musulmonlarda Haj-Umra muhim hisoblanadi. Shuning uchun, onamni Umra safariga jo‘natdim va oilamning kamchiliklarini to‘ldirdim.

Singillarim, opalarimga qarashdim, chunki otam yo‘q. Ularga ota o‘rnida otaman. Shuning uchun, ularga ham yordam berdim. Shuningdek, pullarimning ma’lum qismini o‘zimning kamchiliklarimga ishlatdim", dedi Jalolov AIBA matbuot xizmatiga bergan intervyusida.

Suhbatda Bahodir Jalolov aynan qaysi musobaqadan olgan gonorarlari haqida gap ketganini ochiqlamagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!