B 6, B12 vitaminlari o‘pka saratoni xavfining oshishiga olib keladi(mi)?

B 6, B12 vitaminlari o‘pka saratoni xavfining oshishiga olib keladi(mi)?

Amerikalik shifokorlar B 6, B12 vitaminlari va o‘pka saratoni xavfining ortishi o‘rtasidagi bog‘liqlikni topdilar, deb yozadi “Daily Express”.

B guruhi vitaminlari charchoq, ko‘rishning yomonlashishi, depressiya yoki asab tizimi buzilishida yordam beradi.

Shuningdek, ular saraton rivojlanishi xavfini oshirishi mumkin. Ular, ayniqsa, chekuvchi erkaklar uchun xavfli bo‘lib chiqdi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, vitamin qo‘shimchalarini iste’mol qiluvchilarda saraton kasalligiga chalinish ehtimoli ikki baravar, chekuvchilarda esa uch -to‘rt barobar yuqori bo‘ladi.

Ogayo shtati universiteti olimlari 77 ming kishidagi ma’lumotlarni tahlil qilgan. Ular B12 ni qabul qilish o‘pka saratoni xavfini 30 foizga, B6 dan foydalanish esa 40 foizga oshiradi, degan xulosaga keldi.

Kuniga 55 mikrogramdan ortiq B12 vitaminini qabul qilgan erkaklarda vitamin olmagan erkaklarga nisbatan o‘pka saratoni xavfi 98 foiz yuqori ekani qayd etildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!