Avtomobil olayotganda aldanmaslik uchun nimalarni bilish kerak?

Avtomobil olayotganda aldanmaslik uchun nimalarni bilish kerak?

“Avtosalondan avtomashina olib beraman” deguvchi firibgarlar, afsuski uchrab turibdi. Shu o‘rinda aytish joizki, men mazkur soha vakili sifatida, ya’ni “Samarqand Avtotexxizmat” MCHJ boshqaruv rasi bo‘lsam ham, bunday va’dalarni umuman bera olmayman. Sababi, bu borada elektron tizim joriy etilgan bo‘lib, avtomobillar savdo-sotig‘i oshkora, belgilangan nizom va tartib-qoidalar asosida amalga oshirilmoqda.

Yaqinda “General Motors O`zbekiston” AJ tomonidan ishlab chiqarilgan avtomobillarni ichki bozorda sotilishi tartibi to‘g‘risida vaqtinchalik Nizom ishlab chiqildi. Mazkur vaqtinchalik Nizom “General Motors O`zbekiston ” AJ tomonidan ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomobillar savdo-sotiqlari tizimini takomillashtirish, uning oshkoraligini ta’minlash, avtomobillarni xarid qilish uchun buyurtmalarni elektron rasmiylashtirish tizimini tadbiq etish, shuningdek, ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini oshirish va iste’molchilar huquqlari himoya qilinishini kuchaytirish maqsadida ishlab chiqilgan.

Avtomobilni xarid qilish uchun elektron buyurtmanoma berish Portal bilan birlashtirilgan ixtisoslashgan servis orqali amalga oshiriladi. Har bir dilerga mijozlarni on-layn rejimida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Portaldan foydalanish imkoniyati taqdim etiladi.

Mijoz elektron buyurtmanoma berish uchun umumiy ma’lumotnomadan talab qilinadigan ma’lumotlarni kiritish va portal tomonidan taklif qilinadigan ma’lumotlarni tanlash orqali Portalda avtorlashtirilishi kerak. Portal mijozning yagona identifikasiyalash raqami va Shartnoma tuzish uchun navbatga qo‘yish raqamini avtomatik rejimda ro‘yxatdan o‘tkazadi. Portal tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilmagan buyurtmanomalar haqiqiy hisoblanmaydi.

Avtomobillarning jismoniy shaxslarga sotilishi quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

  • dilerga xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bank kassalariga naqd pul  mablag‘larini topshirish orqali;
  • jismoniy shaxslarning omonat hisobvaraqlaridan yoki tijorat banklari tomonidan avtomobilni xarid qilish uchun beriladigan iste’mol kreditlari hisobiga ssuda hisobaraqlaridan pul mablag‘larini o‘tkazish orqali;
  • faqat xaridor nomiga rasmiylashtirilgan jismoniy shaxsning plastik kartochkasi orqali.

Avtomobillarning yuridik shaxslarga sotilishi quyidagi tartibda amalaga oshiriladi:

  • qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda ularning banklarda yo‘qlab olinadigan depozit hisobvaraqlaridan pul mablag‘larini o‘tkazish orqali:
  • tijorat banklari tomnidan avtomobillarni xarid qilish uchun beriladigan kreditlar hisobiga yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning ssuda hisobvaraqlaridagi o‘tkazmlalar orqali.
  • avtomobilni yetkazib berish muddati ishlab chiqaruvchining bank hisobvarag‘iga belgilangan miqdorda oldindan to‘lov yoki avtomobilning to‘liq qiymati kelib tushgan sanadan boshlab quyidagilarni tashkil qiladi:
  • 1 ish kuni – dilerda mavjud avtomobil uchun;
  • 60 ish kuni – sanoat yig‘ish usuli bilan yig‘iladigan avtomobil uchun;
  • 90 ish kuni – yirik uzelli yig‘ish usuli bilan ishlab chiqariladigan avtomobil uchun;
  • 120 ish kuni – mijoz tanlovi bo‘yicha standart opsiyalar paketidan farqli turlangan (modifikasiya qilingan) joiz opsiyalar to‘plamiga ega sanoat yig‘ish usuli bilan yig‘iladigan avtomobil uchun.

Shu bilan birga, tovarni yetkazib berish muddati diler tomonidan ishlab chiqaruvchining qaroriga asosan ishlab chiqarish da profilaktik ishlarini o‘tkazish maqsadida 30 kundan oshmagan holda qo‘shimcha uzaytirilishi mumkin. Qo‘shimcha uzaytirish muddati ishlab chiqaruvchining www.gmuzbekitsan.uz rasmiy veb-sayti orqali e’lon qilinadi va o‘z navbatida diler tomonidan ushbu ma’lumot shartnoma tuzgan mijozga shartnomada ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha xat orqali xabar beriladi.

Unutmang, avtomobillarni realizasiya qilish faqat dilerlar orqali amalga oshiriladi. Mijoz tomonidan avtomobilni olish uchun mazkur Nizom bilan nazarda tutilmagan qo‘shimcha talablar belgilanishi qat’iyan taqiqlanadi.

Dilerga Portaldan tashqari avtomobilni xarid qilish uchun buyurmanomalarni tuzish va hisobini yuritish taqiqlanadi.

Yana bir bor ta’kidlaymizki, siz avtosalonga tashrif buyurganingizda xizmat ko‘rsatuvchi dilerlik tashkiloti xodimining haqiqatdan ham shu yerda ishlashiga ishonch hosil qilganingizdan so‘ng avtomashina oldi-sotdi shartnomasini amalga oshirishga kirishing.

Akbar Axtamov,

“Samarqand Avtotexxizmat” MCHJ boshqaruvi raisi.

“Jamiyat va qonun” gazetasidan qisqartirib olindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!