Avtomashinani ijaraga olish jinoyat ishi qo‘zg‘atilishiga sabab bo‘ldi

Avtomashinani ijaraga olish jinoyat ishi qo‘zg‘atilishiga sabab bo‘ldi

Joriy yilning 19 yanvar kuni Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMBga avtomashinalarni ijaraga berish shoxobchasi rahbari murojaat qilib, bir kun avval 20 yoshli SH.I. «Jentra» rusumli avtomashinani 19 yanvar kuni soat 22.30 da qaytarish sharti bilan ijaraga olib, qaytarib bermaganligini bayon qilgan.

Avtomashinaning joylashuvi «GPS» moslamasi orqali aniqlanib, uning holati ko‘zdan kechirilganda, avtomashinadan antiradar, videoregistrator, barcha g‘ildiraklari va o‘rindiqlari, rul, yoritish chiroqlari va yana bir qator ehtiyot qismlari yechib olib ketilganligi ma’lum bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi («Firibgarlik») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!