Avtobuslarda yo‘lovchilarga hamon 100 so‘mlik qog‘oz pul berilmoqda

Avtobuslarda yo‘lovchilarga hamon 100 so‘mlik qog‘oz pul berilmoqda

Xabaringiz bor, ayni damda 100 so‘mlik qog‘oz pullar muomaladan chiqarilgan. Shuningdek, eski tangalar ham muomalada emas. Uning o‘rniga yangi tangalar muomalaga kiritilgan.

Buni qarangki, yaqinda hamkasbim avtobusda chiptachi 100 so‘mlik qog‘oz pulni qaytim sifatida berganini aytdi. Shunda bir necha kun oldin bo‘lgan voqea yodimga tushdi. Avtobusda bir yo‘lovchi aynan 100 so‘mlik qog‘oz pulni uzatgan, ammo chiptachi bu pullar allaqachon muomaladan chiqqanini aytgandi. Shunisi aniq, avtobus haydovchilari va chiptachilar o‘zlariga tegishli qonunlardan, albatta, boxabar bo‘ladilar. Shunday ekan, nega amal qilmaydilar? Bilsa hazil, bilmasa chinmi? Gap pulning qiymatida emas, gap haq-huquqlarda. Qonun chiqarildimi, unga hamma amal qilishi shart.

Hurmatli yo‘lovchilar, fuqarolar. Avtobusda yuqoridagi kabi holat yuzaga kelsa, andisha qilmang, haq-huquqingizni talab qiling. Pulning qiymatidan qat’iy nazar, u sizning haqingiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!