Armanistonda vaziyat jiddiy – olomon hukumat binosiga bostirib kirdi

Armanistonda vaziyat jiddiy – olomon hukumat binosiga bostirib kirdi

Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyanning muxoliflari – bir to‘da olomon Yerevandagi hukumat binosiga bostirib kirishdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Binoda bir nechta vazirliklarning idoralari joylashgan. Oppozisiyachilar pastki qavatdagi qabulxonada miting o‘tkazib, idoralar xodimlarini Pashinyan tarafdorlarining mitingida qatnashmaslikka chaqirishdi. Vazirlar Mahkamasi rahbarining iste’fosini talab qiladigan shiorlarni aytib, binoni tark etishdi.

Ma’lumot uchun, Pashinyan tarafdorlari va muxoliflarining mitinglari Armanistonda 25 fevraldan beri o‘tkazib kelinmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!