AQShning Yovvoyi tabiat markazida ikki boshli toshbaqa tug‘ildi

AQShning Yovvoyi tabiat markazida ikki boshli toshbaqa tug‘ildi

AQSh Yovvoyi tabiat markazida ikki bosh va olti panjaga ega toshbaqa tug‘ildi.

Voqea Massachusets shtatida, Barnsteyblda ro‘y bergan. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, odatda bunday jonivorlar uzoq yashamaydi, ammo bu mitti toshbaqa ikki haftadan buyon tirik.

Toshbaqa amerikalik aktrisa va qo‘shiqchilar bo‘lmish egizak opa-singil Olsenlar sharafiga Meri-Keyt i Eshli nomlarini olgan.

Ushbu holat fanda bisefaliya deb nomlanib, embrionning noto‘liq bo‘linishiga nisbatan ishlatiladi. Anomaliyaning ro‘y berishi genetik faktorlar bilan bir qatorda atrof-muhitning ifloslanishiga ham bog‘liq.

Reptiliya mutaxassislar nazorati ostida saqlanmoqda. Uning ahvoli yaxshi – ovqatlanmoqda, suzadi va tinimsiz massa olmoqda. Veterinarlarning aytishicha, toshbaqaning ikkala boshi ham oriyentir olish ma’nosida birga harakatlanadi, ammo har biri alohida uch panjani boshqaradi va o‘z umurtqasi, hazm qilish sistemasiga ega.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!